1

“O`zbekneftgaz”: Farg`onalik tadbirkorning mahsuloti Muborak gazni qayta ishlash zavodida sinovdan o`tkazilmoqda

Iqtisodiyot 22.04.2020, 16:45
“O`zbekneftgaz”: Farg`onalik tadbirkorning mahsuloti Muborak gazni qayta ishlash zavodida sinovdan o`tkazilmoqda

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish bo`yicha hujjat imzolandi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunga asosan, joriy yilning aprel-may oylarida Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalarida “SHTURVAL” MChJ (Farg`ona viloyati) tomonidan ishlab chiqarilayotgan aktivlashgan ko`mir mahsuloti sinovdan o`tkaziladi.

Sinov ishlari ijobiy natijani ko`rsatsa, farg`onalik tadbirkor tomonidan taklif etilayotgan aktivlashgan ko`mir kimyoviy reagentini ishlab chiqarish jarayonida tadbiq etiladi. 

Buning natijasida yillik 100-120 tonna miqdoridagi aktivlashgan ko`mirni chetdan olib kelish qisqaradi. Shuningdek, valyutani tejab qolishga va mahalliy kimyoviy reagent mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlashga erishiladi.

Ma`lumot uchun: Aktivlashgan ko`mirning asosiy vazifasi gazni qayta ishlash jarayonida Metildietanolamin kimyoviy reagentini tarkibidagi mexanik birikmalarni tozlashdan iboratdir.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1