1

Jahon banki O`zbekistonga 295 million dollar ajratishini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 23.04.2020, 13:06
Jahon banki O`zbekistonga 295 million dollar ajratishini ma`lum qildi

Jahon banki O`zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O`zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta`minlash» loyihasini qo`shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma`lum qildi. Bu haqda Investisiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 22 aprel kuni O`zbekiston bosh vazir o`rinbosari — tashqi savdo va investisiyalar vaziri S. Umurzoqov Jahon banki Guruhi vise-prezidenti S. Myuller hamda Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha yangi vise-prezidenti A. Berde va Bankning O`zbekistonda loyihalarni amalga oshirish bo`yicha mas`ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya bo`lib o`tdi.

«COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar miqdorida va «O`zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta`minlash» loyihasini qo`shimcha moliyalashtirish uchun 200 mln dollar miqdorida qarz bitimlari bo`yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan bo`lib, ushbu tashabbuslarni moliyalashtirishni tasdiqlash yaqin kunlarda kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Jahon banki O`zbekistonga sog`liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini hamda byudjet ko`magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd dollar miqdorida mablag`larni operativ tarzda ajratish masalasi faol ko`rib chiqilayotganini bildirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1