1

Davlat Soliq qo`mitasi O`zbekistonning chekka hududlaridagi un narxi nazoratda ekanligini aytmoqda

Iqtisodiyot 23.04.2020, 16:29
Davlat Soliq qo`mitasi O`zbekistonning chekka hududlaridagi un narxi nazoratda ekanligini aytmoqda

O`zbekistonda sotilayotgan un narxi bo`yicha Xolis fikrchi bloger munosabat bildirgan edi. "Soliqchilarning olibsotarlar bilan tili birmi?  sarlavhali materialda chekka hududlarda vaziyat hamon og`irligicha qolayotganligi ta`klangan edi. Keyingi kunlarda haftada bir marta bozor bo`ladigan chekka hududlardagi dehqon bozorlarida bir qop unning bahosi 245 ming so`mga chiqib ketgani, aholi un narxining yana oshib ketishidan xavotirda ekanligi keltirilib, muallif soliqchilarni olibsotarlar bilan tili birmi degan savolni keltirgan.

 Ushbu maqolaga Davlat soliq qo`mitasi o`z munosabatini bildirdi.
 

Ta`kidlash lozimki, karantin davrida ayrim insofsiz tadbirkorlar tomonidan narx-navoning asossiz oshirilishi bilan bog`liq holatlar aniqlanib, ular bo`yicha qonunchilik doirasida tegishli tushuntirish-targ`ibot ishlari olib borilmoqda, deyiladi munosabatda.

Shuningdek munosabatda unning narxi hukumat tomonidan 125 ming so`m narx  belgilanganligi, omborlardagi zahiralar aholi uchun etarli ekanligi,  narx-navoni asossiz ravishda o`sishini oldini olish bo`yicha ShTABlar tashkil etilgani va ular tomonidan savdo ob`ektlari bo`yicha doimiy nazorat o`rnatilgan aytilgan. 

Jumladan, karantin davrida (16 mart-20 aprel) Davlat soliq qo`mitasida tashkil etilgan ShTABga un narxining asossiz oshirilishi yuzasidan 9 mingdan ziyod murojaat kelib tushib, ularning 90 foizdan ortig`i joyida ijobiy hal etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning aniqlanishida ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan aniq faktli ma`lumotlar ham asqotayotganligi ta`kidlangan. 

"Ammo yuqoridagi maqolada qayd etilgan holat aynan qaysi bozorda, qachon sodir bo`lganligi ma`lum qilinmagan. Shu bois masalaning dolzarbligidan kelib chiqib, professional jihatdan yondashgan holda, hech qanday shubhaga o`rin qoldirmay, aniq faktlar bilan taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Shundagina ushbu holat bo`yicha aniq faktlar asosida tegishli profilaktik va nazorat tadbirlarini tashkil etish imkoniyati paydo bo`ladi.

Hurmatli fuqarolar, joylarda oziq-ovqat va boshqa birlamchi zarur mahsulotlar narxining asossiz oshirilish holatlariga duch kelsangiz, 24 soatli rejimda ishlovchi DSQning “Ishonch telefoni” – (71)244-98-98 va 1198 qisqa raqamli “Call-markazi”ga murojaat qilishingizni so`raymiz.", deyiladi qo`mita munosabatida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1