Adliya vazirligining xabar berishicha, Prezident tomonidan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag`larini jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qilindi.
Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.
Yo`l xaritasidagi chora-tadbirlarni o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.
Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablag`larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan mas`ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi.