AsosiyJamiyat

Milliarder Alisher Usmonov o`z boyligidan O`zbekistonga yana 5 mln dollar ajratdi. Yana bir nechta tashkilotlar ham...

'Milliarder Alisher Usmonov o`z boyligidan O`zbekistonga  yana 5 mln dollar ajratdi. Yana bir nechta tashkilotlar ham...'ning rasmi

Milliarder Alisher Usmonov pandemiya davrida O`zbekistonga 20 million dollar xayriya qilgandi. U yana 5 million dollar ajratgan. Bu haqda Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov 23 aprel kuni tashkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida kelib tushayotgan yirik xayriyalar bo`yicha ma`lumot berdi.

«Bizga 600 milliard so`mlik xayriya mablag`lari kelib tushdi. Xususan, Alisher Usmonovdan 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi. Ushbu mablag`lar Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiydagi «Baxt tekstil» korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi «Tashkent Trade Centre» 200 ming dollar xayriya qilgan», deydi u.

 

Qo`chqorovning aytishicha, O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg`armasiga o`tkazilgan pullar 71 milliard so`mdan oshdi.

"Xalqaro valyuta jamg`armasi o`zi aslida, hukumatlarga kredit bermaydi, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib ular ham  375 mln dollar berishiga kelishib oldik. Undan tashqari Jahon banki 750 mln dollar, Osiyo banki 500 mln dollar va hokazo. Mana shu mablag`larning asosiy qismi hali etib kelgani yo`q, lekin O`zbekiston davlati o`zining etarli moliyaviy kuch-qudratiga ega", — bosh vazir o`rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo`chqorov.

 

Inqirozga qarshi kurash jamg`armasiga davlat byudjeti, homiylik mablag`lari, xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlari hisobidan 3,5 trln so`m kelib tushgan.

 

    Boshqa yangiliklar