1

Mamarizo Nurmuratov : Hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki rahbarlari kutilayotgan xavfga tayyorgarlik ko`rmoqda

Iqtisodiyot 23.04.2020, 18:30
Mamarizo Nurmuratov : Hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki rahbarlari kutilayotgan xavfga tayyorgarlik ko`rmoqda

Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov bugun bo`lib o`tgan Xalqaro Press-klub sessiyasida pandemiyaga qadar hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki rahbarlari kutilayotgan xavfga tayyorgarlik ko`rganini bildirdi. Shuningdek u quyidagilarni ma`lum qildi.

"Biz ma`lum jihatdan tayyorgarlik boshlagandik. Bu balo boshqa davlat orqali bizga ta`sir qiladi, degan o`y bilan davlat rahbari tashqi iqtisodiy faoliyatimiz va ichki ishlab chiqarish, bank faoliyatiga salbiy ta`sirini o`rganish topshirig`ini bergandi. Ularning salbiy ta`sirini turli stress-test modellaridan o`tkazish ishlari bajarilgan.

Iqtisodiyot kollapsga tushib qolmasligi bo`yicha xo`jalik sub`ektlar va  banklar bilan aloqada bo`lgan aholiga pandemiya sharoitida ma`lum bir qarz yuklamasi ta`sirini kamaytirish masalasiga asosiy urg`u qo`yildi.  

Dastlabki hisobda, barcha qarzdor kredit oluvchilarning 55 foizi qamrab olingan holda, 19,6 trln. so`m qaytarilishi kechiktirilishi belgilandi. Ushbu hisobda aholining 76 foizi oktyabrga qadar qarzini uzishi nazarda tutilgandi. Bevosita kredit muddati uzaytirilgan mablag`lar 22,5 trln. so`mni tashkil etdi.

Ikkinchi asosiy yo`nalish esa iqtisodiyotdagi zanjirband ishlab chiqarishning talafotsiz shu davrdan o`tishini ta`minlashdir.  

Uzoq muddatli loyihalarni moliyalash masalasida ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishini ta`minlash bilan qoplanishi, bu maqsadda 46 trln. so`m yo`naltirilishi ko`zda tutilgan. Ish haqi, xomashyo uchun revolver krediti berish rejalashtirilgan. Bu qisqa muddatli va kerakli mablag`larni qarzga olishdir".

Ta`kidlanishicha, 46 trln. so`m hajmida ajratilgan revolver kreditlari uchun garov yoki kafolat ta`minotining faqat 25 foizi qarz oluvchi tomonidan ko`rsatiladi. Uning 75 foizi davlat tomonidan kafolatlanadi. Ya`ni revolver krediti qaytarilmagan taqdirda, summaning 75 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1