Respublikamizdagi mavjud virusologik laboratoriyalarda o`tgan kun (22 aprel)ning o`zida 10,749 ta, shu vaqtgacha 210 452 ga yaqin test sinovlari o`tkazildi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o`rinbosari Bahrom Almatov ma`lum qildi.
Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo`lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo`lgan 85,228 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.
66,602 nafar fuqarolar uy sharoitida, 18,626 nafar fuqarolar stasionar sharoitda karantinga olingan.
Shu vaqtga qadar 189,703 nafar (uy sharoitida 160,090 nafar, stasionar sharoitida 29613 nafar) fuqarolar karantindan chiqarildi.