Kuni kecha Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta`minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqilganini xabar qilgan edi. Shundan so`ng, jitimoiy tarmoqlarda uzoq yillardan buyon doimiy muhokama qilib kelinayotgan o`zbek tili bo`yicha yanada qizg`in tortishuvlar boshlanib ketdi. Har doimgidek taraflar ikkiga bo`lingan. O`z tiliga hurmat bilan qarovchilar o`zbek tilini davlat tili sifatidagi mavqeini ko`tarish borasidagi bu tashabbusni qo`llab quvvatlamoqdalar. Shuningdek, rusiyzabon bo`lgan ayrim fuqarolar ushbu yangilikka nisbatan negativ munosabat bildirmoqdalar. O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi etakchisi ssana shu "negativ munosabatlilar"ga javob qaytardi:
"Adliya vazirligining davlat tilida ish yuritish bo`yicha qonun tashabbusini to`liq qo`llab-quvvatlaymiz. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim egasi aniq bo`lgan xabar resurslari “ayuhannos”ni boshlab yuborishibdi.
Biz tilimizni rivojlantirishimiz shart! Bu boshqa millatlarning tilini kamsitish xisobiga bo`lmaydi. Savol berishayapti: bundan muhimroq masalalar yo`qmi? Javob shunday bo`ladi: biz muhimligi jihatidan bir xil darajada bo`lgan bir nechta masalalar bilan ishlaymiz, ularning ichida o`zbek tilini rivojlantirish masalasi ham bor.
O`zbekistonda xokimiyat va xalq bir tilda ishlashi kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimizga o`z tillarida axborot olish imkoniyati va o`zbek tilini o`rganish uchun sharoit yaratib berish zarur", — deyiladi deputatning ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida qoldirgan xabarida.






