Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1869 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 789 nafarni tashkil etmoqda.
Ulardan 8 nafar bemor vafot etgan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hozircha, koronavirus bilan xastalangan 2 nafar bemorning ahvoli o`ta og`ir.
Shuningdek, Andijonda tibbiy kuzatuvda bo`lgan 281 nafar fuqaroda virus aniqlanmadi.






