Mutaxassislarning aytishicha, bugun O`zbekistonning katta qismidi ob-havo issiq bo`ldi. Soat 10 da havo harorati kechagi maksimumdan yuqori bo`lgan, kun o`rtasiga kelib esa havo 34 darajagacha, janubda va cho`l zonasida 37 darajagacha isigan. Bugun shu vaqtgacha bo`lgan aprelning eng issiq kuni bo`lganligi aytilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, eng issiq yillarda Toshkentda aprel oyi oxirida havo harorati 34-35 darajagacha ko`tarilgan, 2006 yil 27 aprelda esa 36,4 darajani tashkil qilib aprel haroratining mutloq rekordiga erishgan.
Bugun faqat respublikaning shimoliy tumanlariga navbatdagi nam havo oqimi kiradi va kechga borib Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg`ir yog`adi va momaqaldiroq bo`ladi. Harorat boshqa joylarga qaraganda pastroq — 23-28 daraja atrofida bo`ladi. Bugun kechasi va ertaga ertalab respublikaning shimoliy tumanlarida yomg`ir davom etadi, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.
Ertaga kunduzi yog`ingarchilik zonasi respublikaning markaziy va janubiy hududiga ko`chadi. 28 aprelda kunduzi va 29 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti — vaqti bilan yomg`ir yog`adi momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 28 aprelda ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida 29 aprel kechga borib yomg`ir va momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika hududi bo`ylab bosim ko`tariladi harorat esa pasayadi va 29 aprelda 20-25 darajani tashkil qiladi.
30 aprelda va 1 may kuni butun O`zbekiston hududida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, 2 mayda esa ikki kunlik tanaffusdan so`ng mamlaktimizda yana yomg`ir yog`ishi mumkin. Bu kunlarda harorat 23-28 daraja atrofida bo`ladi.






