1

Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurashayotgan xodimlarga to`langan kunlik to`lovlar miqdorini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 27.04.2020, 23:23
Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurashayotgan xodimlarga to`langan kunlik to`lovlar miqdorini ma`lum qildi

Xabaringiz bor, yurtimizda koronavirusga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini rag`batlantirishga oid prezident qarori e`lon qilingan va unda vrachlarga 25 million so`mdan, o`rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so`mdan, kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so`mdan, boshqa xodimlarga 5 million so`mdan oylik ustama to`lanishi belgilangan edi.

O`zbekiston Moliya vazirligi respublika bo`yicha koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun jalb qilingan xodimlarga har kunlik qo`shimcha to`lovlarining to`lanishi to`g`risida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 2020 yil boshidan 27 aprelga qadar jami 8 623 xodimga oylik lavozim maoshlariga 6 % miqdorida har kunlik qo`shimcha to`lovlar - 13 831 mln so`m to`langan. 

14 kunlik faoliyat davri uchun esa 1040 xodimga 21980 mln so`m miqdorida maxsus qo`shimcha rag`batlantirish to`lovlar to`langan. 

Ushbu to`lovlar viloyatlar kesimida qanday bo`lgani haqida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1