1

Kuchli shamol va yog`ingarchilik “O`zbekneftgaz” tizimidagi korxonalar faoliyatiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatdi

Iqtisodiyot 28.04.2020, 16:33
Kuchli shamol va yog`ingarchilik “O`zbekneftgaz” tizimidagi korxonalar faoliyatiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatdi

2020 yilning 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hududida kuzatilgan kuchli shamol va yog`ingarchilik “O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatdi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Soat 20:20 da kuchli shamol oqimi kelishi natijasida, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli “Alan” konidagi siquv kompressor stansiyasidagi 100 va 200-sonli gaz haydash agregatlari va “Ko`kdumaloq” konidagi 2-yig`ish joyidagi 100-sonli gaz haydash agregati avariya holatda to`xtab qoldi.

Soat 21:55da “Ko`kdumaloq” konidagi 2-yig`ish joyidagi 100-sonli gaz haydash agregati, 22:00da esa “Alan” konidagi siquv kompressor stansiyasidagi 100-sonli gaz haydash agregatlari ishga tushirildi. 28 aprel kuni soat 01:45da esa “Alan” konidagi siquv kompressor stansiyasidagi 200-sonli gaz haydash agregatining faoliyati qayta tiklandi.

Buxoro viloyatida joylashgan “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining 1,2,3,4 va 5-sonli texnologik tarmoqlari va “Uchqir” qurilmasiga yuqori bosimli bug` etkazib beruvchi qozonxonadagi 1,3,4,5,6 sonli qozonlari 2020 yilning 27 aprel kuni soat 20:35da avariya holatda to`xtab qoldi. 

Hozirga qadar elektr ta`minotidagi uzilishlar sababli, “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli qurilmalar faoliyati tiklangani yo`q.

Kechaning o`zida, soat 21:37da “Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli, “Sho`rtan” siquv kompressor stansiyasi-1 (Bateman)dagi 1-sonli gaz haydash agregati, Tozalangan tovar gazni magistral gaz quvuriga haydash kompressor stansiyasidagi 6 va 7-sonli gaz haydash agregatlari, Siquv kompressor stansiyasi-2 dagi (KMPO) 300-sonli gazni haydash agregati, Gazdan propan butan olish qurilmasidagi 1,2,5-sonli turbodetandr agregatlari, Siquv kompressor stansiyasi-1 (Bateman)dagi 3-sonli gaz haydash agregati ishlashdan to`xtadi.  

2020 yilning 28 aprel kuni soat 03:50 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida “Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli barcha texnologik qurilmalarning ish faoliyati qayta tiklandi va ular bir maromda ishlamoqda.

“O`zbekneftgaz” AJning Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik departamenti xabariga ko`ra, “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi filial hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat vazifasini olib boruvchi mutaxassislar bilan hamkorlikda elektr ta`minotini tiklash hamda kuchli shamol oqibatida etkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilyotganligi aytilmoqda xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1