1

"O`zbekchorvanasl" vakili EOIIga a`zo bo`lish mamlakat chorvachiligiga qanday ta`sir qilishini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 29.04.2020, 00:00
"O`zbekchorvanasl" vakili EOIIga a`zo bo`lish mamlakat chorvachiligiga qanday ta`sir qilishini ma`lum qildi

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga a`zo bo`lish ushbu davlatlardan chorvachilik mahsulotlarini, shuningdek, omuxta em tayyorlashda qo`llaniladigan ozuqabop qo`shimchalar va oqsilga boy bo`lgan ozuqalarni O`zbekistonga kirib kelish oqimini ko`payish ehtimoli mavjud. Bu haqda “O`zbekchorvanasl” agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Ziyodulla Pirnazarov ma`lum qildi.

"Tahlillarga ko`ra, EOIIga a`zo davlatlardagi yirik savdo do`konlarida qoramol go`shti Rossiya Federasiyasida 7,4 dollar, Belarusda 6,4 dollar, Qozog`istonda 5,3 dollar, Armanistonda 6,6 dollar va Qirg`izistonda 5,6 dollar atrofida sotilmoqda.

EOIIga a`zo davlatlarda tirik hayvonlarni uchinchi davlatdan olib kirilganda va mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga keng ko`lamda subsidiyalar ajratish orqali qo`llab-quvvatlash tizimini joriy etgan. Bu esa ushbu davlatlardagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun puxta zamin hisoblanadi", deydi “O`zbekchorvanasl” vakili.

Qayd etamiz, ushbu ma`lumot O`zbekiston Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi saytiga 24 aprel kuni joylashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori 28 aprel kuni e`lon qilindi.

Unga ko`ra, O`zbekistonning Ittifoqda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu qaror bo`yicha yig`ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berdi.

Ushbu qaror Oliy Majlis Senati hamda Vazirlar Mahkamasiga jo`natiladigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1