AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya axboroti: 2020 yil 30 aprel soat 06:00 dan bir qancha harakatlarga rasman ruxsat berildi

'Maxsus komissiya axboroti: 2020 yil 30 aprel soat 06:00 dan bir qancha harakatlarga rasman ruxsat berildi'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, quyidagi tartiblar joriy etilmoqda.

Unga ko`rab 2020 yil 30 aprel kuni soat 06:00 dan:

* fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo`lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat engil avtotransport vositalari (yo`lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga;

*fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko`p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo`lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;

* oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o`qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Shuningdek, tumanlararo (shaharlararo), viloyatlararo va Toshkent shahriga kirib-chiqishda qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarlarning barcha turdagi shaxsiy va xizmat engil avtotransport vositalarida harakatlanishiga ichki ishlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yo`nalishlar orqali o`z manzillariga etib borishiga ko`maklashish belgilandi.

 Ta`kidlab o`tish joizki, jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat shoxobchalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlanish davomida barcha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishlicha sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etilishi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar