1

Jahon banki O`zbekistonga 200 million dollar ajratdi

Iqtisodiyot 01.05.2020, 08:10
Jahon banki O`zbekistonga 200 million dollar ajratdi

Jahon banki koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun O`zbekistonga 200 million dollar ajratdi. Bu haqda O`zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov o`zining Tvitterdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

Vazirning xabariga ko`ra, ushbu mablag`lar sog`liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladi.

Shuningdek, bu kelishuv haqida Moliya vazirligining xabari ham e`lon qilindi. 

Unga keltirilishicha, Jahon bankining o`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori:

«Jahon banki tomonidan ajratilayotgan qo`shimcha moliyalashtirish pandemiya tarqalishining oldini olish, uning insonlar va milliy iqtisodiyot uchun oqibatlarini yumshatishga yo`naltirilgan O`zbekistonning inqirozga qarshi kurashish dasturini qo`llab-quvvatlaydi», — deya alohida ta`kidlagan.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1