«O`zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, 3 maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 4000 so`m qilib belgilandi. Dizel narxi 1 maydan boshlab 500 so`mga arzonladi.
«O`zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga ma`lum qilishicha, «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalarida dizel va benzin narxalari arzonlashdi.
1 may kunidan boshlab dizel narxi 500 so`mga arzonlashdi va 6500 so`m qilib belgilandi. 3 may kunidan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 4000 so`m (500 so`mga arzonladi) qilib belgilandi.
Oldinroq kompaniya tomonidan yoqilg`i bozoridagi narxlar bosqichma-bosqich arzonlashtirib borilishi haqida aytilgan edi.
Ma`lumot uchun, 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.