Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov bugun AOKA shtabida bo`lib o`tgan brifingda ushbu masala yuzasidan izoh berdi:
Joriy yilning 29 aprelida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o`zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta`kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.
Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog`ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.
Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha ko`p, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sog`aygan.






