Ijtimoiy tarmoqlarga "Sardoba" ombori toshqinida qolgan hudadlarda yashovchi aholi tomonidan video lavha joylashtirildi.
Ushbu videoda toshqinda qolib ketgan va o`zini o`zi qutqarib uy tomiga chiqib olgan sigirni ko`rishingiz mumkin.
Toshqin sodir bo`lgach ekologlar suv ostida qolgan qishloqdagi jonivorlarning taqdiri bilan qiziqishgan edi. Ular mas`ullar odamlarni qutqarishayotganda ularni ham nega olib chiqishmaganligini savol ostiga qo`yishgandi. FVV, Ekopartiya, Goskomekologiya kabi tegishli idoralarni suv ostida qolgan jonivorlarga yordam berishga chaqirishgandi.
Keyinchalik FVV axborot xizmati tomonidan xabar berilishicha, zararlangan hududlarda nobud bo`lgan 70 ta uy hayvoni sanitariya qoidalariga muvofiq ko`milgan.






