AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 may kuni Qirg`iz Respublikasi Prez...

'O`zbekiston  va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 may kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O`zbekiston va Qirg`iziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarimizda ushbu xavfli kasallik tarqalishining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar qo`llab-quvvatlandi.

Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida qabul qilingan qarorlarga muvofiq sog`liqni saqlash va transport vazirliklari rahbarlarining tashkil etilgan ko`p tomonlama maslahatlashuvlari natijalari yuksak baholandi.

Prezidentlar O`zbekistonda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog`liq masalalarni ham ko`rib chiqdilar.

Muloqot yakunida o`zaro tovar ayirboshlashning yuqori sur`atini saqlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiyani kengaytirish, ustuvor investisiya va infratuzilma, shu jumladan mintaqaviy ahamiyatdagi loyihalarni ilgari surishga qaratilgan birgalikdagi ishlarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Suhbat chog`ida qator xalqaro masalalarga ham to`xtalib o`tildi.

 

    Boshqa yangiliklar