1

O`zbekiston gilosi Rossiya bozorlarida sotila boshlandi

Iqtisodiyot 05.05.2020, 15:44
O`zbekiston gilosi Rossiya bozorlarida sotila boshlandi

O`zbek gilosining ilk jo`natmasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilinganligi haqida East-fruit.com. tayanib Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi xabar bermoqda.  

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidovning so`zlariga ko`ra, o`tgan hafta Novosibirskga o`zbek gilosi ortilgan birinchi yuk mashinasi  kirib kelgan.

O`zbek gilosining bir kilosi 550 rubldan (7,3 AQSh dollar) sotilgan va shu narxda baholanayotgan tabiiy mevalarga bo`lgan talabdan ham oshib ketgan. Chakana savdoda esa ushbu mahsulotning taxminan 1 kilo uchun 13 dollardan ko`proq baholangan bo`lishi mumkin.

EastFruit ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston har yili 35 dan 50 ming tonnagacha gilos eksport qiladi. Rossiya mintaqadagi gilosning eng yirik xaridori hisoblanadi va yiliga 100 ming tonnadan ko`proq gilos sotib oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1