O`zbekiston futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov O`zbekiston Milliy terma jamoasi amaldagi bosh murabiyi Mirjalol Qosimovning iste`fosini qabul qildi, bu haqda O`FF rasmiy tvitteri sahifasida xabar berilgan. Milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Samvel Babayan tayinlandi.
Jamoa sobiq bosh murabbiyi o`z lavozimiga ikki marta qayta tayinlangan. Shu davr mobaynida u boshchilik qilayotgan jamoa jami 54ta uchrashuv o`tkazgan bo`lib, shulardan 22tasida g`alaba qozongan, 15tasida durang qayd etgan, 17ta uchrashuv mag`lubiyatga uchragan.
Endilikda bosh murabbiy lavozimi Toshkentning «Paxtakor» FK murabbiyi Samvel Babayanga ishonib topshirildi.
Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham iste`foga chiqqan. Viktor Jalilov O`zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.





