AsosiyJamiyat

Prezident Xalq qabulxonasi jabrlangan sardobaliklarga yordam qo`lini cho`zdi (foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan sardobalik...

'Prezident Xalq qabulxonasi jabrlangan sardobaliklarga yordam qo`lini cho`zdi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan sardobaliklarga yordam qo`lini cho`zish, jabr ko`rgan insonlarga zaruriy mahsulotlar etkazish ishlari boshlandi. Bu haqda Prezident xalq qabulxonasi matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar qildi.

Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million so`mdan ziyod kundalik ro`zg`or uchun zarur bo`lgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, go`sht, yog`, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, ro`zg`or buyumlari, gigienik vositalar, badiiy kitoblar, o`quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga etkazildi. 

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari kabi bir qator idoralar vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko`rgan hududlar aholisi muammolarini o`rganib, zudlik bilan joyida hal etishmoqda. 

Talab etilgan joylarda qurilishi, ta`mirlash ishlarida ham faollik bilan ishtirok etmoqda. Yuzdan ziyod xonadonlarga kerakli bo`lgan barcha qurilish anjomlarini, mahsulotlarini etkazib, quruvchi mutaxassislar bilan, el bilan bunyodkorlik ishlarida elkama-elka mehnat qilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar