1

“O`zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berildi

Madaniyat 05.05.2020, 22:58
“O`zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Gastronomik turizm assosiasiyasi “O`zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berilayotgani haqida e`lon qiladi. 

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o`z hududlariga xos bo`lgan qadimiy, antiqa va tobora yo`qolib borayotgan kamida 5 ta milliy taom (suyuq, quyuq, pishiriq, shirinlik) reseptini taqdim etishi kerak bo`ladi.

Ishtirokchidan quyidagi ma`lumotlar talab etiladi: 

  • Taom, uning tarixi va muallifi haqidagi qisqacha ma`lumot va qiziqarli faktlar; 
  • 5-6 kishilik porsiya uchun kerak bo`ladigan masalliqlar ro`yxati (kilogramm, gramm, litr, qoshiq kabi o`lchovlar bilan); 
  • Masalliqlarning qanday shaklda to`g`ralishi (kubik, somoncha, halqasimon va b.) Taomni tayyorlash jarayoni aniq ketma-ketlikda yozilishi; 
  • Taomning mazali chiqishi uchun muallifdan qo`shimcha va tavsiyalar; 
  • Foto va/yoki videolavha.

G`oliblar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan 1-o`rin uchun 5 million so`m, 2-o`rin uchun 3 million so`m va 3-o`rin uchun 2 million so`m miqdoridagi pul mukofotlari, shuningdek O`zbekiston Gastronomik turizm assosiasiyasining diplom va sertifikatlari hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi. 

Eng sara reseptlar “O`zbekistonning noyob taomlari” kitobiga ishtirokchining sulolasi mualliflik resepti sifatida ism va familiyasi ko`rsatilgan holda kiritiladi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun O`zbekiston Gastronomik turizm assosiasiyasining rasmiy kanali @gastrotourism_uz’ga obuna bo`lish va qayta aloqa boti @gastrotourismbot orqali reseptlarni yo`llash kerak bo`ladi. 

Materiallar 2020 yilning 20 may kuniga qadar qabul qilinadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1