1

15 kun ichida jarimaning 70 foizini to`lagan fuqaro qolgan jarimadan ozod qilinadi

Iqtisodiyot 06.05.2020, 19:48
15 kun ichida jarimaning 70 foizini to`lagan fuqaro qolgan jarimadan ozod qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O`zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun bilan jarima to`lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilib, jarimani o`z muddatida to`laganlarga imtiyozlar belgilandi.

Mazkur Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 3321-modda bilan to`ldirilib, huquqbuzar unga jarima solish to`g`risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to`lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to`lashdan ozod etiladi.

Jarima to`lashning soddalashtirilgan tartibi ma`muriy huquqbuzarlik sodir etganlik sud tomonidan jarima solinganda, jarima solish to`g`risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda, xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda qo`llanilmaydi.

Shuningdek, huquqbuzar jarima to`lashi lozim bo`lgan umumiy muddat fuqarolarga oylik ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar asosan 1 oyda 1 marta to`lanishini hisobga olgan holda huquqbuzarga jarima solish to`g`risidan qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kundan 30 kungacha muddatga uzaytirildi.

Eslatib o`tish joizki, yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to`lash muddati ilgaridek, qaror olingan kundan boshlab 60 kun ichida to`lanishi lozimligi o`zgarishsiz qoldirildi.

Qonunchilikka kiritilgan mazkur o`zgarishlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samaradorligini oshirishga albatta o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1