my5
all

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 08.05.2020, 12:17
447
Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat etakchilari Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Janggohlarda jonini ayamay, front ortida fidokorona mehnat qilib, G`alabaga erishgan ota-bobolarimizning jasorati va qahramonligi birodar xalqlarimizning minnatdor xotirasida mangu qolishi alohida qayd etildi.

Muloqot chog`ida chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi. Aholiga zarur yordamni ko`rsatish, infratuzilma va kommunikasiyalarni qayta tiklash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi tadbirlar qo`llab-quvvatlandi.

Mamlakatlarimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samarali kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu xavfli kasallikning oldini olish va davolashda vakolatli idoralarning yaqindan muvofiqlashuvi va hamkorligini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish masalalariga alohida to`xtaldilar.

Pandemiyaning salbiy oqibatlari ta`sirini kamaytirish maqsadida amaliy hamkorlikning yangi loyihalari va yo`nalishlarini ishlab chiqishda ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarligidagi qo`shma Hukumatlararo komissiyaning muhim rol o`ynashi ta`kidlandi.

Shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Шарҳлар