1

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga qariyb 600 mln so`m o`tkazib berdi

Iqtisodiyot 08.05.2020, 21:41
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga qariyb 600 mln so`m o`tkazib berdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga qariyb 600 million so`m sahovat ko`rsatildi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qo`llab-quvvatlash maqsadida “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bugungi sinovli kunlarda yurtdoshlarimiz koronavirus pandemiyasidan jabr chekkan aholini har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida sahovat ko`rsatishmoqda.

Xayrli ishdan O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar ham chetda qolayotgani yo`q. Mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham xalqimiz boshiga musibat tushgan shu kunlarda ular bilan bir tanu bir jon ekanligini namoyish etishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari tomonidan “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jami 599 120 115 (besh yuz to`qson to`qqiz million bir yuz yigirma ming bir yuz o`n besh) so`m miqdoridagi mablag` xayriya tarzida o`tkazib berildi. Bu haqda  vazirligi Matbuot xizmatixabar berdi.

Sahovatli sportchi va trenerlarimiz ham mazkur aksiyada faol ishtirok etishmoqda. Bunga Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov va boshqa ko`plab sport sohasi vakillarining koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan aholini qo`llab-quvvatlash yo`lida ko`rsatayotgan beg`araz yordamlarini misol keltirish mumkin.

Albatta, davlatimiz g`amxo`rligi natijasida hech kim hech narsaga muhtojlik sezgani yo`q, bunday bo`lmaydi ham. Zero, bag`rikeng xalqimiz sinovli kunlarda hech qachon bir-birini yolg`izlatib qo`ymaydi. Bu kabi aksiyalar sinovli damlarda xalqimizni yana-da jipslashtirib, ular o`rtasida hamjihatlikni kuchaytiradi, har qanday vaziyatda ham har bir inson davlat va jamiyat e`tiboridan chetda qolmasligini amalda isbotlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1