1

Toshkentda 14 bemor sog`aydi, jami tuzalganlar 1870 nafarga etdi

Salomatlik 10.05.2020, 16:10
Toshkentda 14 bemor sog`aydi, jami tuzalganlar 1870 nafarga etdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog`ayganlarning 8 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo`lsa, eng yoshi shu yil tug`ilgan chaqaloq.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo`lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Qozog`istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent, Namangan, Sirdaryo va Farg`ona viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 78 yoshli otaxon bo`lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 561 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 575 nafarga etdi.

Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1870 nafarni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1