1

"AFROSIYOB” tezyurar poezdining harakat jadvallari e`lon qilindi

Hi-tech 15.05.2020, 21:06
"AFROSIYOB” tezyurar poezdining harakat jadvallari e`lon qilindi

18 maydan Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poezdi hamda Toshkent-Andijon yo`nalishida yo`lovchi poezdi qatnovi boshlanadi.  

Temir yo`l qatnovlarini tashkil etishda barcha quyidagi vaqtinchalik tartibga to`liq rioya qilishi kerak. 

"Poezdlarga chiqishda yo`lovchilar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko`p bo`lmagan va tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi ma`lumotnomaga ega bo`lishlari kerak. Temir yo`l vokzallari hududiga hamda temir yo`l transportlariga kirganda barcha yo`lovchilar bir martalik himoya niqoblari va qo`lqoplarda bo`lishlari, temir yo`l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo`naltiruvchi maxsus tasmalar bo`ylab harakatlanishlari shart" deyiladi xabarda.

Poezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi. Elektron chipta olish imkoniyati bo`lmagan yo`lovchilar, temir yo`l vokzallari kassalaridan chipta olishlari mumkin. Chipta olgan yo`lovchilar yo`lovchilar so`rovnomasini (marshrut varag`i) to`ldiriladi.

Tezyurar poezd hamda poezdlar harakat jadvali:

1.  2020 yil 18 may kuni ertalab soat 7:00 dan Toshkent-Navoiy-Buxoro yo`nalishida 762-sonli, o`sha kuni soat 16:28 dan Buxoro-Navoiy-Toshkent yo`nalishida 761-sonli;

2.  2020 yil 18 may kuni ertalab soat 8:00 dan Toshkent-Qarshi yo`nalishida 760-sonli, o`sha kuni soat 17:58 dan Qarshi-Toshkent yo`nalishida 759 -sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar;

3.  2020 yil 18 may kuni ertalab soat 8:05 dan Toshkent Janubiy vokzalidan Toshkent-Andijon va o`sha kuni soat 16:19 dan Andijon-Toshkent yo`nalishlarida yo`lovchi poezdlar harakati boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1