AsosiyJamiyat

Buxoroda 2 nafar, Andijonda 7 nafar bemor qoldi

'Buxoroda 2 nafar, Andijonda 7 nafar bemor qoldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Buxoro, Andijon va Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berdi. Xususan, Buxoro viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G`ijduvon tumanlaridan) bo`lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ularning soni 440 nafarga etdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo`yicha davo choralarini ko`rishmoqda.

Qayd etish kerakki, Buxoro viloyatida 9 may kunidan buyon yangi kasallanish holatlari aniqlanmadi.

Andijon viloyatida bir kishiga javob berildi. Paxtaobod tumanidan bo`lgan 42 yoshli erkak uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir. Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ularning soni 163 nafarga etdi. Viloyatda yana 7 bemor qoldi.

Bugun shuningdek Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Bu erda tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Sharja-Toshkent yo`nalishidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi bo`lib, Rossiyadan Qozog`iston orqali kelgan. Ularning barchasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Sog`ayganlarning orasida 6 nafardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg`ona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 57 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ularning soni 733 nafarga etdi.

Eslatib o`tamiz: 17 may holatiga ko`ra O`zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2741taga etgan, shu vaqtgacha 2245 kishi tuzalgan, 12 kishi vafot etgan, ayni vaqtda shifoxonalarda 484 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar