Angrendagi “Avto ideal xizmati” MChJ fuqarolarni aldab, 30 mlrd so`mdan ortiq pul mablag`larni o`zlashirgani aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan “Avto ideal xizmati” MChJ faoliyati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida jamiyat rahbari K.Rixsiev va sobiq rahbar U.Nuriddinovlarning firibgarliklari fosh bo`ldi.
Ma`lum bo`lishicha, ular 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar yiliga 5 foizlik ustama xaq evaziga boshlangich badal sifatida jami 1506 nafar yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma imzolab, mazkur shartnomalarga asosan 1 506 nafar mijozlardan avtomashinaning 20-30 foiz oldindan to`lovi sifatida jami 36 316 087 684 so`m pul mablag`lari jamiyat xisobiga tushirishgan. Jamiyat mansabdor shaxslari o`z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanib, yuqorida kelib tushgan pul mablag`lari xisobidan 228 nafar mijozlarga 23 629 777 528 so`mlik avtomashinalarni etkazib berib, qolgan 1283 nafar mijozlarga, ular tomonidan avtomashinaning 20-30 foiz miqdorida boshlang`ich badal sifatida to`langan 30 531 487 684 so`m pul mablag`lari evaziga avtomashinani etkazib bermasdan yoki to`langan pul mablag`larini o`z egalariga qaytarmasdan fuqarolarning huquqlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazgan.
Ushbu holat yuzasidan 17.03.2020 yilda Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan “Avto ideal xizmati” MChJ rahbari K.Rixsiev va sobiq rahbari U.Nuriddinovlarga nisbatan JKning 19211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib shahar prokuraturasiga dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun yuborilgan.
Biroq, jinoyat ishi 31.03.2020 yilda JPKning 364-moddasi 1-qismi 4-bandi bilan to`xtatilgan edi.
Ayni paytda ma`lum qilinishicha, jinoyat ishi 2020 yil 11 may kuni qayta tiklanib, JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta malakalanib, dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish uchun shahar IIB TBga yuborilgan.