“Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga to`g`ri kelishi munosabati bilan 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an`analariga mos ravishda o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekistonda 258 kishi afv etilgani xabar qilingan edi.