Bugun, 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab, Juma shahriga boshqa hududlaridan kirib keladigan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Pastdarg`om tumani hokimligining axborot xizmati xabar qildi.
Ushbu taqiq Pastdarg`om tuman hokimi Sh.Xudayberdievning farmoyishi bilan tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo`ylab tarqalishining oldini olish maqsadida kiritildi.
Bugundan quyidagi ko`cha va yo`llarda harakatlanish cheklandi:
- 4R-46a avtomobil yo`lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo`li;
- Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko`chasi yo`li;
- 4K-547 avtomobil yo`lining Juma shahar Sh.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo`ston ko`chalariga kirish yo`li;
- Samarqand – Juma - Kattaqo`rg`on 4R-46 avtomobil yo`lining 24-klometri, Juma shahriga kirish yo`li;
- Samarqand – Juma - Kattaqo`rg`on 4R-46 avtomobil yo`lining 25-klometri, Juma shahar Buyuk Turon ko`chasiga kirish yo`li;