Avval xabar qilganimizdek, «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva Sardoba suv omboridagi falokat ro`y bergan hududdan evakuasiya qilingan aholi holidan xabar olish uchun Sirdaryoga tashrif buyurdi.
O`zbekistonning birinchi xonimi suv toshqinidan jabr ko`rgan aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularni Ramazon hayiti bilan qutlagan.
«Birinchi may kuni buni eshitib hammaning ko`ngli vayron bo`ldi. Kayfiyatlaringizni ko`tarish uchun, ozgina bo`lsa ham o`z hissamizni qo`shish uchun keldik. Sizlarning g`amingiz bizning ham dardimiz. Boshlaringga tushgan bu qiyinchilik biz uchun ham bir sinov. Prezidentimiz kecha-yu kunduz shu tashvish bilan band, qanday qilib shu odamlarni kelajakka ishontirsam, og`irini engil qilsam, avvalgi hayotiga qaytarsam deydi», degan Ziroat Mirziyoeva.






