AsosiyJamiyat

Sirdaryodan maxsus reportaj: Xalq artistlari xalq xizmatiga keldi… (Foto)

'Sirdaryodan maxsus reportaj: Xalq artistlari xalq xizmatiga keldi… (Foto)'ning rasmi

Bugun ko`ngillarni obod qilaman degan har kimning yo`li Sirdaryo viloyatiga tutashishi aniq. Texnogen ofat chin ma`noda butun millatni oyoqqa turg`izdi, bir tan-u bir jon bo`lishga undadi. Hozirda aksar toshqin oqibatlari bartaraf etilib, aholi uchun yangi uy-joylar qurilishi boshlanib ketgan bo`lsa-da, mehribon xalq hamon sirdaryoliklar bilan birga.

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizoni harbiy xizmatchilari yurtimizning mashhur san`atkorlari hamrohligida Sirdaryoga yo`l olishdi. Asosiy maqsad, aholi ko`nglini ko`tarish, ularning dillariga shodlik va quvonch ulashish.

O`zbekiston xalq artistlari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar, madaniyat xodimlari, shoir va teatr aktyorlari bilan kechgan samimiy suhbatlar barchaga birdek manzur bo`ldi. Bu kun sirdaryoliklar xotirasida uzoq vaqt muxrlanib qoladigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar