Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabar qilinishicha, ushbu markaz Davlat soliq qo`mitasi markaziy apparatida emas, poytaxtning boshqa tumanida joylashgan. Aynan qaysi tumanda ekaniga xabarda aniqlik kiritilmagan.
DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo`lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.
Ta`kidlash lozimki, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat`iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda:
qo`mita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati o`lchanadi;
binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati ta`minlangan;
har bir qavatda antiseptik vositalar mavjud;
barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda.