AsosiyJamiyat

Ayni soatda O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 18 nafarga oshdi

24 may soat 16:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar so...

'Ayni soatda O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 18 nafarga oshdi'ning rasmi

24 may soat 16:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 (+18) nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xorijdan kelgan, yana 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 8 holatda poytaxtimizda, 1 holatda esa Namangan viloyatida aholi orasidan aniqlandi.

Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo`lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat`iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Hozirda 572 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar