AsosiyJamiyat

Gavhar Sharipovaning onasi va opasi aktrisaning o`limi haqidagi fikrlarini bayon etdi (video)

'Gavhar Sharipovaning onasi va opasi aktrisaning o`limi haqidagi fikrlarini bayon etdi (video)'ning rasmi

«Opa-singillar», «Gulxan atrofidagilar», «Alpomish» kabi filmlaridagi rollari bilan tanilgan, 2019 yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o`tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning opasi Nafisa Sharipova «Daryo» nashri muxbiriga intervyu berdi.  

Nafisa Sharipova singlisining vafotidan keyin uning jasadini rasmga olib, internetda tarqatib yuborganlarni qattiq qoralab, bu holat ularning oila a`zolariga juda qattiq ta`sir qilgani haqida yig`lab gapirib berdi. Video:

- Gavhar singlim vafot etgan joyida tushirilgan rasmni internetga tarqatib yuborgan odamga aytadigan gapim bor. Sizni ham ona tug`gandir, bu dunyoga sizni musulmon ayol keltirgan bo`lsa, singlingiz, farzandingiz, qizingiz, rafiqangiz bo`lsa, bunday qilishga nima haqqingiz bor edi, siz qanchalik odamgarchiligi yo`q inson ekansiz. Bunday qilishga kimning haqqi bor, telekanallarda ham Gavharni muhokama qilish nimaga kerak edi?

Gavhar xushchaqchaq, yaxshi inson edi. Farzand ko`ra olmagani uchun juda bolajon edi. Men Gavharni Telegram’da tarqalgan rasmlari bilan emas, balki qo`limdagi suratlari bilan, yaxshi xotiralar bilan eslashingizni iltimos qilardim, deydi Gavhar Sharipovaning opasi Nafisa Sharipova.

Ma`lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug`ilgan, «Aldangan ayol», «Go`zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa Gavhar Sharipova 2019 yilning 19 noyabr kuni Samarqand—G`uzor avtomobil yo`lida Isuzu yuk mashinasida kelayotganida yuk mashina haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan so`ng aktrisa 140 km tezlikda ketayotgan mashinadan o`zini tashlab vafot etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar