Bir guruh shifokor mutaxassislarimiz Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordamlashish uchun jo`nab ketishgan edi. Ular 14 kun davomida Tojikiston Respublikasida bo`lishib, tojikistonlik hamkasblariga yaqindan ko`mak berishdi. Birgalikda koronavirus infeksiyasining oldini olish hamda davolashga qaratilgan samarali amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdi.
Sharafli vazifani munosib tarzda bajarib qaytishgan tibbiyot xodimlari yurtimiz Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan yuksak ehtirom bilan kutib olindi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Bu haqda “O`zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan dastur orqali batafsil bilib olishingiz mumkin. (Tez orada shu erga video joylanadi)






