Turizmda aloqa muhim o`rin egallaydi, shu sababdan chet tilini amaliy bilish turizm sohasidagi bo`lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetida talabalar, xodimlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari uchun intensiv ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.
Yoz oylari universitetda ingliz tili oylari, deb e`lon qilindi. Shuningdek, universitet xodimlari uchun intensiv ingliz tili kurslari tashkil etildi. Ayni vaqtda 23 kishidan iborat bo`lgan guruhda dastur bo`yicha interaktiv onlayn darslar o`tkazilmoqda. Darslarni Tokio universiteti va Gakugei universiteti (Yaponiya), Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) kabi oliygohlarida faoliyat olib borgan, xalqaro tajribaga ega mutaxassis-o`qituvchi Alisher Kamilov olib bormoqda.
Shunisi e`tiborliki, masofaviy darslar ehtiyoriy ravishda mutlaqo bepul o`tkazilmoqda.






