AsosiyJamiyat

IIV va Gvardiyachilarga "katta gapirgan"lar sudda javob berishdi (video)

29 aprel soat 18:57 larda Dang`ara tumanidagi Salom qishlog`i hududida Shohabbos Egamberdi...

'IIV va Gvardiyachilarga "katta gapirgan"lar sudda javob berishdi (video)'ning rasmi

29 aprel soat 18:57 larda Dang`ara tumanidagi Salom qishlog`i hududida Shohabbos Egamberdiev boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina karantin davrida tashkil qilingan blok postida o`z xizmat vazifasini olib borayotgan Dang`ara tuman IIB xodimlari tomonidan to`xtatildi. Avtomashinada fuqaro E. Z. ham bor edi. IIB xodimlari ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini va avtomashina hujjatini so`rashganida, ular hech qanday hujjat taqdim eta olmadilar. Shundan so`ng tuman IIB xodimlari ularni yo`lni chetiga o`tishini aytib, yo`l chetida ular bilan savol-javob qila boshladi. Bu vaqtda esa E.Z. o`zining uyali aloqa telefonida tuman IIB xodimlarini videotasvirga ola boshladi. IIB xodimlari E.Z.ga videotasvirga olishni to`xtatishni so`rab ogohlantirishdi. Biroq E.Z. o`z xizmat vazifasini olib borayotgan tuman IIB xodimlari N.M.va I.O.ning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan, uyatli so`zlar bilan so`kinib, baqir-chaqir qilib, mayda bezorilik va ichki ishlar organ xodimlarining qonuniy talabiga bo`ysunmasdan huquqbuzarlik sodir qila boshladi.

Voqeaning davomida quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar