AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 3-sonli tug`ruq majmuasida 2 nafar ayol koronavirusdan sog`aydi. Jami tuzalganlar 2607 nafarga etdi

'Toshkentdagi 3-sonli tug`ruq majmuasida 2 nafar ayol koronavirusdan sog`aydi. Jami tuzalganlar 2607 nafarga etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, 3-sonli tug`ruq majmuasidan 2 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 1 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 20 yoshda. Bemorlardan 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 1 nafari Sharja – Toshkent yo`nalishida charter reys orqali, 2 nafari Rossiyadan, yana 2 nafari Qozog`istondan, 1 nafari Tojikistondan yurtimizga kirib kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib yuqtirib olgan.

️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo`lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari, Rossiya Federasiyasi va Qirg`iziston Respublikasidan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog`istondan, 1 nafari esa Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishida charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib yuqtirib olishgan.

3-sonli tug`ruq majmuasidan tuzalgan 2 nafar ayol esa (27 yoshli va 24 yoshli) Toshkent shahridan bo`lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.  

️Toshkent shahrida shu paytga qadar 919 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 940 nafarga etib, ayni paytda davolanayotganlar 362 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 42 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab jami sog`ayganlar 2607 nafarga etdi.

    Boshqa yangiliklar