1

“Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo`li loyihasi bo`yicha tender e`lon qilinadi

Siyosat 25.05.2020, 21:33
“Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo`li loyihasi bo`yicha tender e`lon qilinadi

Avval xabar berganimizdek, bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev transport sohasining barqaror ishlashini ta`minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Pandemiya davrida temir yo`l orqali yuk tashishga talab keskin ko`paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yo`lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko`paytirish uchun yaxshi imkoniyat.

Lekin, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko`pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to`sqinlik qilmoqda.

Shu bois, “O`zbekiston temir yo`llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo`yicha topshiriqlar berildi.

Yig`ilishda avtotransportda xalqaro yuk tashuvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash masalasiga ham e`tibor qaratildi.

So`nggi uch yildagi islohotlar natijasida mamlakatimizda xalqaro yuk tashuvchi transportlar soni 3 baravar oshdi, yuklarni tashishda mahalliy korxonalarning tashqi savdodagi ulushi 37 foizdan 48 foizga etdi.

Mahalliy tashuvchilarning qatnovlar sonini yanada oshirish, tashqi savdoda ularning ulushini 60 foizga etkazish chora-tadbirlari belgilandi. Bitta yuk transporti besh nafargacha aholi bandligini ta`minlashi, bu tarmoqda 30 mingta yangi ish o`rni yaratish mumkinligi ta`kidlandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda ichki yo`nalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan ta`minlash yuzasidan ko`rsatmalar berildi.

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o`z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo`li loyihasi bo`yicha tender e`lon qilinishi belgilandi.

Mutasaddilar transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo`yicha hisobot berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1