AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Savol: Nega chet davlatlardan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to`xtatish mumkinmi?
Javob: Chet davlatlardan olib kelinayotgan fuqarolar davlat rahbarining ko`rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib, olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa, davolash choralari ko`rilyapti.
Savol: Qanday kasalliklari mavjud bo`lganda fuqarolarimizga chetdan yurtimizga kirib kelishiga ruxsat berilmaydi?
O`zbekiston fuqarolari har qanday yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan bo`lmasin, o`z yurtiga kirishga haqli.