Ushbu voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda yuzaga keldi. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma`lum qilgan. Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda, zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar va “chaqirilmagan mehmon”ni tutib, xavfni bartaraf qildilar.






