1

Xonobod shahri turizm markaziga aylantiriladi

Madaniyat 28.05.2020, 00:26
Xonobod shahri turizm markaziga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida ichki turizmni rivojlantirish, xususan, Xonobod shahrini turizm markaziga aylantirish bo`yicha ko`rsatma bergan edi. 

Davlat rahbarining topshirig`idan kelib chiqib, Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida Xonobod shahrini Farg`ona vodiysining turizm markaziga aylantirishga doir tegishli ishlar olib borildi. 

Aziz Abduhakimov Andijon viloyatidagi qator turizm ob`ektlari holati bilan tanishdi hamda Xonobod shahri hokimligi, turizm yo`nalishida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar bilan uchrashdi. 

Hokimlik, tegishli  tashkilot va idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh Xonoboddagi turistik ob`ektlar holatini o`rganib chiqdi. Hududning pandemiyadan keyingi davrda sayyohlarni qabul qilishga sanitar-gigienik tayyorgarligi masalasiga alohida e`tibor qaratildi. 

Pandemiya davri tugashi bilan turizm xizmatlarini yo`lga qo`yishga oid ishlar Andijon viloyati kesimida ishlash uchun shay holatga keltiriladi va rasman ruxsat berilgan kundan e`tiboran faoliyat yuritishni boshlaydi. Bu esa viloyatdagi 43 ziyorat va madaniy meros ob`ekti, 5 sanatoriy, 375 kafe, restoran va 125 choyxona faoliyat ko`rsatishi va asosiysi - 12 mingga yaqin aholining ish o`rinlari qayta tiklanishini ta`minlaydi. 

Ta`kidlash joizki, boshqarma vakillaridan iborat yana bir guruh ayni paytda Xo`jaobod tumanidagi Imom ota qishlog`ini turizm qishlog`iga aylantirish, qo`shimcha turistik xizmatlarni tashkil etish bilan shug`ullanmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1