AsosiySport

100 nafardan ziyod polvon Buxorodagi xalqaro turnirda bellashdi

Buxoroda mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag`ishlab kurash bo`yicha kattalar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA. 

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan turnirda O`zbekiston, Turkmaniston, Qozog`iston hamda Qirg`izistondan kelgan 100 nafardan ziyod polvon o`z vazn toifasida g`oliblik uchun gilamga tushdi. 
Qizg`in kechgan bahslarda o`zbekistonlik 16 nafar, Qozog`iston hamda Qirg`izistondan bir nafardan polvon turnirning finaliga yo`llanma oldi. 
Polvonlarimizdan birinchi bo`lib Rahmon Jumaev gilamga tushdi. U qozog`istonlik Saydali Eslijanni mag`lubiyatga uchratdi. 
Shuningdek, mamlakatimiz vakillari Shahram Ahadov, Abbos Jalolov, Ruslan Boltaev, Mirkomil Turobov, Erkin Doniyorov, Muhsin Hisomiddinov, ayollar o`rtasida Nodira Gulova va Muhayyo Ibrohimova oltin medalga sazovor bo`ldi. 

 

    Boshqa yangiliklar