AsosiyJamiyat

Ohangaronda ariqqa tushib ketgan “Spark” voqeasiga YHXBB oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronda "Spark" avtomobili ko`lga tushib ketibdi” sarlavhasi ost...

'Ohangaronda ariqqa tushib ketgan “Spark” voqeasiga YHXBB oydinlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronda "Spark" avtomobili ko`lga tushib ketibdi” sarlavhasi ostida video lavha tarqatildi.

 

 

Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.

Hodisa joriy yilning 25 may kuni soat 12:30 larda, Toshkent viloyatining Ohangaron shahri, Oxunboboev ko`chasida sodir bo`lgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, haydovchi, 1971 y.t. M.H. (ayol) o`ziga tegishli bo`lgan “Spark” rusumli transport vositasida shaharning Oxunboboev ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo`qotgan va avtomobil ariqqa tushib ketgan.

Ushbu hodisada tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositasi ariqdan chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oxangaron shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar