AsosiyJamiyat

Yana 7 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 4 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari

2020 yil 28 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etil...

'Yana 7 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 4 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari'ning rasmi

2020 yil 28 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3444 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Bugun 16:30da bemorlar soni 3437 nafar edi, yaqin soatlarda ular 7 nafarga oshgan. 

"Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 26 mayida Qozog`istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan", deyiladi xabarda.

Ayni paytda yurtimizda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aygan,  736 nafari davolanmoqda. Ulardan 5 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar