Banklar "kredit ta`tillari"ni uzaytiradimi?

Iqtisodiyot 29.05.2020, 13:32
Banklar "kredit ta`tillari"ni uzaytiradimi?

Aprel oyi boshida barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun "kredit ta`tillari" e`lon qilgan edi. Aksariyat banklarda mazkur ta`tillar 2 oy muddatga berilgan bo`lib, 1 iyunda o`z nihoyasiga etadi. Biroq, respublika bo`yicha umumiy karantin shartlari hali o`z kuchida ekanligini, aksariyat mijozlar hanuzgacha o`z odatiy daromad manbaiga ega bo`la olmayotganliklari sababli mazkur masala bo`yicha savollar ko`paymoqda.

Fikrimizcha, banklar bu borada ham o`z qarorlarini rasmiy e`lon qilib qo`yishi zarur. Masalan, "Kapitalbank" ATB mazkur "kredit ta`tillarini" yana 3 oyga (iyun-avgust oylariga) uzaytirganini e`lon qildi. Eslatib o`tamiz, uzaytirilgan davr uchun ham kredit foizlari hisoblanib boriladi.

Boshqa tijorat banklarida ham shu kabi qarorlar qabul qilinsa, ma`lumot berib borishga harakat qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1