my5
all

1 iyuldan QQSning oshib ketgan miqdori soliq to`lovchiga qaytariladi

Iqtisodiyot 29.05.2020, 20:46
656
1 iyuldan QQSning oshib ketgan miqdori soliq to`lovchiga qaytariladi

2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo`shilgan qiymat solig`i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo`lgan QQS summasini soliq to`lovchiga qaytarishni amalga oshiradi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan, Davlat soliq qo`mitasi joriy yilning 1 iyunidan QQS bo`yicha soliq hisobotini va unga tegishli ilovalarni inventarizasiya qilishni e`lon qiladi.  

Inventarizasiya qilish davrida yuqorida ko`rsatilgan sanaga qadar soliq davri uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini topshirish to`xtatib turiladi.  

Ta`kidlash joizki, elektron hisob-fakturalardan foydalanish hisobot ma`lumotlarini aniqlashtirishga, shuningdek joriy soliq hisobotlarini shakllantirishga imkon beradi.  

Malumot uchun. Bugungi kunda Davlat soliq qo`mitasida 96 130 ta sub`ekt QQS to`lovchisi sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan. Ularning 81 086 tasi elektron hisob-faktura tizimidan foydalanishga o`tgan. Bu ular umumiy sonining 84 % ni tashkil etadi.  

Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 522-sonli qaroriga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha xo`jlik yurituvchi sub`ektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish 🖥 tizimini MAJBURIY TARTIBDA joriy etish nazarda tutilgan.  

Шарҳлар